Главная » 2021 » Февраль » 19 » O‘chirib tashlang! Mashhur android-ilova xavfli ekan
19:04

O‘chirib tashlang! Mashhur android-ilova xavfli ekan


«Google Play»da eng ommalashgan ilovalardan biri android-smartfonlar uchun xavf tug‘dirmoqda, deb yozmoqda «Profil».

Ilova «Google Play»da top-10da, millionlab ijobiy fikrlar bildirilgan.

Biroq «Trend Micro» ekspertlari bu dasturni ko‘chirib o‘rnatgandan so‘ng smartfondagi muhim ma’lumotlar begona dasturlar uchun ochilib qolishini aniqlashdi.

Gap milliard marotabadan ortiq ko‘chirib olingan o‘sha mashhur «SHAREit» haqida boryapti. Ilova foydalanuvchilar musiqa, foto, video va boshqa fayllarni o‘zaro almashishlari uchun yaratilgan.

«Express» yozishicha, ushbu dastur orqali xakerlar keyinchalik smartfon buzilishiga sabab bo‘luvchi Man-in-the-disk (MITD) hujumlarini uyushtira olishadi.

«Trend Micro» ekspertlari 3 oy avval «SHAREit» mualliflariga ilovadagi nuqsonlarni va ehtimoliy xakerlik hujumlari aybdorlarini ko‘rsatib xabar yo‘llashgan. Biroq ishlab chiqaruvchi muammoni hal qilmagan.

«Trend Micro» ilovadagi nosozlikdan «Google» kompaniyasini ham ogohlantirgan. Ta’kidlanishicha, «SHAREit»da oxirgi yangilanish 9-fevralda amalga oshirilgan, ya’ni muammo hanuz yechimini kutyapti.

Ekspertlar nosozlik tuzatilishigacha bu ilovani ko‘chirmaslikni, telefoniga o‘rnatganlar bo‘lsa, darhol o‘chirib tashlashni tavsiya qilishgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Ilova, O‘chirib tashlang, Android, xavfli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя