Главная » 2020 » Декабрь » 25 » O‘g‘lini kaltaklayotganlardan himoya qilgan ota vafot etdi
09:00

O‘g‘lini kaltaklayotganlardan himoya qilgan ota vafot etdi


Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida janjal vaqtida 24 yoshli o‘g‘lini himoya qilmoqchi bo‘lgan 57 yoshli Mahmud M. turli darajadagi tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lum qildi.  

Voqea 2020-yilning 22-noyabr kuni soat 16:00 da sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, Husniddin R. Koson tumani «Paxtazor» MFYda joylashgan oziq-ovqat mahsulotlari bozorchasi yonida fuqaro 24 yoshli Mirolim B.ni ko‘rib qolib, o‘rtalarida bo‘lgan o‘zaro adovat sababli, unga qasddan tan jarohati yetkazib, undan qasd olish maqsadida ushbu janjalga akalari 22 yoshli Ruxiddin R., Ozodbek R. va boshqalarni jalb qilgan.

Bu vaqtda Mirolim B. o‘zining yaqin qarindoshlarini yordamga chaqiradi. O‘g‘liga ziyon yetmasligi uchun hodisa joyiga yetib kelgan otasi, 57 yoshli Mahmud M., akasi 27 yoshli Mirjalol B. va pochchasi 35 yoshli Jamshid M.lar ushbu janjalni oldini olib, bartaraf qilmoqchi bo‘lishadi.

Ammo Husniddin R., Ruxiddin R., Ozodbek R. va boshqalar sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib, Mahmud M. Va uning o‘g‘illari Mirjalol B., Mirolim B. hamda Jamshid M.larning turli joylariga qasddan urib, turli darajada tan jarohatlar yetkazishgan. Oqibatda ular Koson tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida 8.12.2020-yilda Husniddin R., Ozodbek R. va Ruxiddin R.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi 104-moddasi 2-qismi «b,k,l» bandlari bilan ayblov e’lon qilinib, Husniddin R., Ozodbek R.ga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi, fuqaro Ruxiddin R.ga nisbatan esa «garov» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, fuqaro Mahmud M. olgan tan jarohati tufayli joriy yilning 11-dekabr kuni shifoxonada vafot etgan.

Jinoyat ishi esa JKning 104-moddasi 2-qismi «b,k,l» bandlaridan JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandiga qayta malakalangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kaltaklayotganlardan, o‘g‘lini, Ota, himoya, vafot etdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя