Главная » 2019 » Декабрь » 28 » O‘lchamning ahamiyati: kola idishi, disk va A4 qog‘ozlarining shakli nega aynan shunday ko‘rinishda?
09:54

O‘lchamning ahamiyati: kola idishi, disk va A4 qog‘ozlarining shakli nega aynan shunday ko‘rinishda?


Buyumni ishlab chiqaruvchilar uning parametrlarini qanday paydo qilganligi haqida har doim ham o‘ylayvermaymiz. Biroq ko‘pincha oddiy narsalarning orqasida qiziqarli voqealar yotadi

0.33 banka

кола

Bunday bankalar uzoq vaqt davomida konserva mahsulotlarini saqlash uchun ishlatilgan. Ularda makkajo‘xori, no‘xat va salqin ichimliklar konservalanadi. Uning standart hajmi 330 ml idishga teng. Bu quyidagi qiziqarli fakt bilan bog‘liq.

кола

Urushdan keyingi davrda ilgari no‘xat uchun ishlatilgan bankalarga pivo quyila boshlandi. AQShda bankalarning bunday standarti hanuzgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Yevropada bu hajm ⅓ litrgacha, ya’ni 330 millilitrgacha yaxlitlangan. Qizig‘i shundaki, hatto bankalarning ko‘rinishini yuqoriga yoki pastga o‘zgartirilsa ham, diametri 2,6 dyumligicha qolaveradi.

Kompakt-disk

компакт-диск

Kompakt-disklarning diametri 12 santimetr bo‘lib, u 74 daqiqalik ovozni saqlashga qodir. Bunday format paydo bo‘lishining bir nechta sabablari mavjud.

Birinchisi, Sony prezidenti London filarmonik orkestri tomonidan ijro etilgan Betxovenning to‘qqizinchi simfoniyasini kompakt-diskka joylashtirishni xohladi. Ijro 74 daqiqa bo‘lib, 12 santimetrlik diskka joylandi.

компакт-диск

Ikkinchisi, Philips – 11,5 santimetr, Sony – 10 santimetr o‘lchamdagi disk chiqarmoqchi edi. 12 santimetrlik disk o‘lchami bu ikki kompaniya o‘rtasidagi murosa natijasi bo‘ldi.

A4 qog‘oz o‘lchami

лист бумаги

A, B va C kabi bir nechta qog‘oz formatlari mavjud. A format shunday tuzilgan: kattaroq varaqni ikkiga bo‘lib, keyingi ikkita varaqni hosil qilamiz. Buni amalga oshirish uchun tomonlar nisbati 1,414:1 ga teng bo‘lishi kerak.

A0 o‘lchami sifatida 1 kvadrat metr maydonga ega bo‘lgan qog‘oz olindi. Uning kengligi 84,1 santimetr va uzunligi 118,9 santimetrga teng edi. A4 yozishmalar uchun barcha formatlar ichida eng maqbuli ekanligi isbotlangan.

лист бумаги


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя