Главная » 2020 » Ноябрь » 14 » O‘limidan so‘ng «pul ishlab topgan» yulduzlar
10:49

O‘limidan so‘ng «pul ishlab topgan» yulduzlar


«Forbes» jurnali eng ko‘p daromad qilgan marhum yulduzlarning nomini ma'lum qildi.

Ro‘yxatda qo‘shiqchi Maykl Jekson birinchi o‘rinni egalladi. U o‘limidan so‘ng 48 million dollar «ishlab topdi». Bunga uning «Mijac Music» kompaniyasi faoliyati hamda «Sony» kompaniyasi bilan tuzgan uzoq muddatli shartnomasi sabab bo‘lgan.

Ikkinchi pog‘onadan bolalar yozuvchisi va multiplikator Doktor Syuz joy oldi. Bu yil AQShda uning olti millionga yaqin kitobi sotildi. Bundan tashqari, muallifning televideniya va kino bilan ko‘plab shartnomalari mavjud. Uning daromadi 33 million dollarga baholangan.

O‘limidan so‘ng 32,5 million dollar «foyda ko‘rgan» rassom Charlz Shuls kuchli uchlikdan joy oldi. Bolakay Charli Braun va uning iti Snupi haqidagi komikslarning muallifi o‘laroq Shuls Apple TV+da namoyish etilgan «Snupi koinotda» va «Charli Braun rojdestvosi» shoulari tufayli daromadini ko‘paytirib oldi.

Eng badavlat mashhurlar o‘ntaligiga, shuningdek, golfchi Arnold Palmer, musiqachi Elvis Presli, basketbolchi Kobi Brayant, reper Juice WRLD, musiqachilar Bob Marli, Jon Lennon va Prins kiritilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Yulduzlar, ishlab topgan, o‘limidan so‘ng, Pul | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя