Главная » 2017 » Август » 3 » O‘n birinchi sinfni tamomlaganlarga shahodatnoma hamda diplom topshiriladi
19:09

O‘n birinchi sinfni tamomlaganlarga shahodatnoma hamda diplom topshiriladi


2017 yil 2 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani ta’minlagan holda, 11 yillik o‘rta ta’lim tizimini joriy etish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.

Videoselektor yig‘ilishi davomida O‘zbekistonda 11-sinfni yakunlagan o‘quvchilarga yetuklik attestati bilan birga mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkonini beradigan davlat namunasidagi hujjat taqdim etildi.

“Yangi o‘quv yili boshlanguncha kasb-hunar kollejlarining o‘quv ustaxonalari negizida o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil qilib, ularga yaqin atrofdagi maktablarni biriktirish, kollejlardan uzoqda joylashgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun maktabning o‘z bazasida o‘quv-ishlab chiqarish majmuasi yaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O‘quv-ishlab chiqarish majmualarida chuqurlashtirilgan maxsus tayyorgarlikni talab etmaydigan chilangar, tikuvchi, haydovchi, oshpaz, sartarosh, kashtachi, kulol, qandolatchi, novvoy, duradgor, suvoqchi, bo‘yoqchi kabi jami ellikdan ziyod kasb-hunar o‘rgatiladi.

Bu majmualarda kasb egallagan o‘quvchilarga 11-sinfni yakunlaganidan so‘ng yetuklik shahodatnomasi bilan birga mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkonini beradigan davlat namunasidagi hujjat ham taqdim etiladi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, selektor yig‘ilishida yangi o‘quv yili boshlangunga qadar o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini o‘quv jihozlari, kasb-hunar o‘rganish uchun zarur anjom va uskunalar bilan ta’minlash bo‘yicha mas’ul idora va xodimlar belgilandi.

Mahalla faollari, nuroniylar, profilaktika inspektorlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari, tuman, shahar hokimlariga umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, har payshanba profilaktika kunida o‘quvchilarning davomatini o‘rganish va tahlil natijalarini tanqidiy muhokama qilib borish vazifasi topshirildi.

Akmal Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: 11-sinf, diplom, shahodatnoma | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя