00:20 O‘n yil davomida eng muvaffaqiyatli milliarderlarning boyligi yarim trillion dollarga ko‘paydi | |
Uorren Baffet tasodifan Nebraska universitetida sotib olgan kitobdan o‘rgangan «aksiyalarni sotib ol va umrbod saqla» degan investitsiyaviy falsafa tarixdagi eng muvaffaqiyatli strategiyalardan biri ekanligi ma'lum bo‘ldi,deb yozadi Forbes. 2006 yildan buyon Berkshire Hathaway aksiyalar paketini xayriya tashkilotlariga berayotgan bo‘lishiga qaramasdan (jami 34 mlrd dollarlik aktivlar), u 2019 yilni 89 mlrd dollar boylik bilan yakunlamoqda. Bu 2010 yildagiga qaraganda 42 mlrd dollarga ko‘pdir. Baffet Berkshire’ning birorta ham aksiyasini sotmagan va boyligining 98 foizga yaqini kompaniya aksiyalariga to‘g‘ri keladi. «Umrbod saqlash» strategiyasi o‘n yillikning boshqa milliarderlari uchun ham qo‘l kelgan: ular 2010 yildan beri kamida 40 mlrd dollarga boyigan. Hammasi bo‘lib, o‘n nafar yetakchi milliarderning boyligi 555 mlrd dollarga oshgan. Ular ham Baffet singari kompaniyalar aksiyalari paketlarini o‘zlarida saqlab qolishgan. Ana shu strategiyaga amal qilganlardan biri Microsoft kompaniyasining sobiq ijrochi direktori Stiv Balmerdir. «Mening tomirimda 34 yildan beri Microsoft oqadi va doim shunday bo‘lib qoladi», – dedi Balmer kompaniya rahbarligini tark etganidan keyin. «Kompaniya yangi cho‘qqilarni zabt etadi. Men bundan faxrlanaman va aksiyalarga egaligim tufayli yutuqda qolaman», — deb qo‘shib qo‘ydi u. Eng muvaffaqiyatli o‘n biznesmendan sakkiztasi boyliklarining 80 foizdan ortig‘iga o‘zlari asos solgan yoki rahbarlik qilgan kompaniyalar aksiyalari tufayli erishishgan. Ular qatoriga nafaqat Balmer va Baffet, balki Facebook asoschisi Mark Tsukerberg, LVMH asoschisi Bernar Arno va Amazon asoschisi Jyeff Bezos kiradi. Hattoki tarixdagi eng qimmat ajrashishni boshidan kechirgan Bezos 2010 yildan buyon 97,4 mlrd dollarga boyigan. O‘n yillik boshida u eng boylar reytingida 43-o‘rinda bo‘lgan bo‘lsa, hozirda dunyoning eng boy kishisi hisoblanadi. Sobiq o‘qituvchi Jyek Ma boyligining 60 foizi u asos solgan Alibaba kompaniyasi aksiyalariga to‘g‘ri keladi. Boyligining 9 foizi Ant Financial sho‘'ba kompaniyasi hissasidan iborat. Xitoyning eng boy kishisiga aylangan Ma o‘n yil avval 1,2 mlrd dollarga ega bo‘lgan. Boyligining katta qismini bir kompaniya aksiyalarida saqlamaydigan ushbu ro‘yxatdan joy olgan yagona milliarder Bill Geytsdir. U Microsoft aksiyalarining bir qismini sotib yoki berib yuborgan va diversifikatsiyalangan investitsiya imperiyasiga asos solgan. O‘n yil davomida u 54,6 mlrd dollarga boyigan. Jyeff Bezos Plyus $97,4 mlrd 2010 yildagi boyligi: $12,3 mlrd 2019 yildagi boyligi: $109,7 mlrd Boyligi manbai: Amazon Bernar Arno Plyus $80,2 mlrd 2010 yildagi boyligi: $27,5 mlrd 2019 yildagi boyligi: $107,7 mlrd Boyligi manbai: LVMH Mark Tsukerberg Plyus $68 mlrd 2010 yildagi boyligi: $4 mlrd 2019 yildagi boyligi: $72 mlrd Boyligi manbai: Facebook Bill Geyts Plyus $54,6 mlrd 2010 yildagi boyligi: $53 mlrd 2019 yildagi boyligi: $107,6 mlrd Boyligi manbai: Microsoft Amansio Ortega Plyus $49,9 mlrd 2010 yildagi boyligi: $25 mlrd 2019 yildagi boyligi: $74,9 mlrd Boyligi manbai: Inditex Larri Peyj Plyus $43,5 mlrd 2010 yildagi boyligi: $17,5 mlrd 2019 yildagi boyligi: $61 mlrd Boyligi manbai: Alphabet Uorren Baffet Plyus $41,8 mlrd 2010 yildagi boyligi: $47 mlrd 2019 yildagi boyligi: $88,8 mlrd Boyligi manbai: Berkshire Hathaway Stiv Balmer Plyus $41,8 mlrd 2010 yildagi boyligi: $14,5 mlrd 2019 yildagi boyligi: $56,3 mlrd Boyligi manbai: Microsoft Sergey Brin Plyus $41,3 mlrd 2010 yildagi boyligi: $17,5 mlrd 2019 yildagi boyligi: $58,8 mlrd Boyligi manbai: Alphabet Jyek Ma Plyus $40,8 mlrd 2010 yildagi boyligi: $1,2 mlrd 2019 yildagi boyligi: $42 mlrd Boyligi manbai: Alibaba
Manba: "kun.uz"
| |
|