Главная » 2020 » Август » 31 » O‘nta futbolchi chaqmoq tufayli hayotdan erta ko‘z yumdi
19:03

O‘nta futbolchi chaqmoq tufayli hayotdan erta ko‘z yumdi


Uganda davlatida o‘nta futbolchi chaqmoq urishi natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Ularning hammasi yosh yigitchalar bo‘lishgan. Bu haqda politsiya ma’lumotlariga tayanib «LADBible» xabar berdi.

Falokat 27 avgust kuni futbol maydonida yuz berdi. Bolalar somon tomli uychaning ostiga yashirinishga urinishgan. Biroq chaqmoq ularni ayab o‘tirmadi. To‘qqiz nafar futbolchi voqea joyida, yana bir nafari shifoxonaga olib ketayotganda yo‘lda jon berdi. Futbolchilar 10 yoshdan 16 yoshgacha yosh yigitchalar bo‘lishgan.

Mahalliy politsiyada yuz bergan voqeani «ayanchli va qayg‘uli hodisa» deb atashdi. Favqulodda vaziyatlar vaziri Musa Ekveruning so‘zlariga ko‘ra, yuz bergan voqeada muhandislar aybdor: ular bino tomiga yashinqaytargich o‘rnatishi kerak bo‘lgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: O‘nta, erta ko‘z yumdi, tufayli, futbolchi, chaqmoq, hayotdan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя