Главная » 2020 » Октябрь » 24 » O‘qituvchilarning oylik maoshi oshiriladi
14:43

O‘qituvchilarning oylik maoshi oshiriladi


Ayni daqiqalarda AOKAda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantish masalasida qabul qilinishi kutilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi yuzasidan matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.

Anjumanda ishtirok etayotgan Xalq ta’limmi vaziri Sherzod Shermatovning qayd etishicha, sinf rahbarligi uchun to‘lovlar 1,5 baravarga oshiriladi. Metodistlarlarning ish haqi miqdori oliy toifali o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Bitiruvchilarining OTMlarga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan umumta’lim muassasalari rahbar xodimlari rag‘batlantiriladi. Shuningdek, xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblarning o‘qituvchilariga to‘g‘ridan to‘g‘ri oliy malaka toifasi beriladi.

Vazirning ta’kidlashicha, 2024-yilga qadar yuqori natijalarga erishgan pedagoglarning oylik maoshi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 15 baravarigacha bosqichma-bosqich oshiriladi.

Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalari tashkil etiladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘qituvchilarning, oylik maoshi, oshiriladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя