Главная » 2020 » Ноябрь » 28 » O‘qituvchilarning pensiya yoshi qisqartirilishi mumkin
18:39

O‘qituvchilarning pensiya yoshi qisqartirilishi mumkin


Pedagog xodimlarning maqomi to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Loyihada pedagog xodimlarning pensiya yoshini qisqartirish, oyliklarini oshirish, ularni majburiy mehnatdan himoyalash, shaxsi va qadr-qimmatiga nisbatan noloyiq munosabatlarga qarshi kurashishga oid normalar kiritilmoqda.

Masalan, loyihada quyidagi takliflar ilgari surilmoqda:

  • pedagog xodimlarning sha’ni, qadr-qimmatini himoya qilish masalasida hamda mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to‘lashdan ozod etish;
  • pedagog xodimni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilishni taqiqlash;
  • pedagog xodim maqomiga ega shaxslarga ko‘krak nishoni va guvohnoma berish;
  • pedagog xodimga umumiy belgilangan yoshdan besh yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqini taqdim qilish;
  • pedagog xodim tomonidan uy-joy va avtotransport vositasini xarid qilish uchun uning oylik ish haqidan yo‘naltiriladigan mablag‘larni daromad solig‘idan ozod etish;
  • davlat ta’lim tashkilotlari tugatilganda, davlat tomonidan pedagog xodimga avvalgi ishiga (lavozimiga) teng boshqa ish (lavozim) berilishini kafolatlash;
  • ellik olti ish kunidan iborat yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’til berish, shuningdek, ta’til berilganida, kalendar yilida bir marta bazaviy lavozim maoshi miqdorida sog‘lig‘ini tiklash uchun moddiy yordam berish;
  • pedagog xodimning bazaviy lavozim maoshi BHMning o‘n baravaridan (2 million 230 ming so‘mdan) kam bo‘lishi mumkin emasligi belgilanib, unda mutaxassisligi, malaka toifasi hamda ilmiy darajasi, davlat mukofotlari va unvonlari inobatga olingan holda ustama va qo‘shimcha haqlar to‘lash;
  • umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyat boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga o‘qituvchi-murabbiylikni amalga oshiruvchi pedagog xodim biriktirish;
  • pedagog xodimning ko‘p yillik xizmati uchun ustama to‘lash tizimini joriy etish;
  • pedagog xodimni kasbiy faoliyati davomida yuqumli kasalliklarga qarshi bepul profilaktik emlash;
  • oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, ammo ta’lim tashkilotlarida kamida besh yil ish stajiga ega pedagog xodimni kirish test sinovlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida va qabul parametrlaridan tashqari oliy ta’lim muassasasining pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakliga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish.

Quyidagi havola orqali loyiha muhokamasida ishtirok eting.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: pensiya, O‘qituvchilarning, yoshi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя