Главная » 2021 » Октябрь » 11 » «O‘rgimchak tasvirchi» jarimaga tortildi
18:25

«O‘rgimchak tasvirchi» jarimaga tortildi


Internet tarmog‘ida tarqalgan suratda avtomobil yo‘lovchisi eshikka osilib, o‘z hayoti uchun xavf tug‘dirgani aks etgan. Toshkent shahar IIBB xodimlari qoidubarlik haqidagi xabarni e’tiborsiz qoldirishmagan.

Aniqlanishicha, holat 2021 yil 9 oktyabr kuni taxminan soat 14.00 da ro‘y bergan. «Matiz» rusumli avtomobilni ishonchnoma asosida 1999 yilda tug‘ilgan Jasur X. boshqargan, suratdagi yo‘lovchi esa – 1995 yilda tug‘ilgan Umarjon E. bo‘lgan.

Yo‘lovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 138-moddasi 4-qismi («Piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi») bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Avtomobil haydovchisi ham jarimaga tortilgan.

«Hurmatli fotosuratchilar, operatorlar va shu kabi kasblar egalari. Yuqoridagi holatga o‘xshash hatti-harakatlar nafaqat qoidabuzarlik hisoblanadi, balki o‘z salomatligingiz va hayotingizni xavf ostiga qo‘yadi. Xavfsizligingizga qanchalik ishonishingizdan qat’i nazar, yo‘llarda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli holatlarda bu ishingiz fojiali yakunlanishi mumkin», deyiladi IIBB xabarida.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tasvirchi, o‘rgimchak, jarimaga, tortildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя