Главная » 2018 » Апрель » 30 » O‘ta xavfli! 5-sinf bolasini zo‘rlab ketgan fuqaro Toshkentda qo‘lga olindi
20:08

O‘ta xavfli! 5-sinf bolasini zo‘rlab ketgan fuqaro Toshkentda qo‘lga olindi


Joriy yil 4 fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida O‘zR JK-119 moddasi 4-bo‘limi bilan jinoyat ishi kuzg‘atilib, qidiruvda bo‘lgan juda xavfli residivist Saburov Quatbay Akimbaevich qo‘lga olindi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, jinoyatchini O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi institutiga malaka oshirish uchun kelgan Qorqalpog‘iston Respublikasi IIV YoXB xodimlari qo‘lga olgan.

Saburov Quatbayni mayor Djubanishov Janibek Ayazbaevich, mayor Xalmuratov Maxmud Orunbaevich, mayor Kaniyazov Rejepbay Urazbaevich xamda kapitan Palvonov Sherali Shukurlaevichlar joriy yil 29 aprel kuni soat 11:30larda Toshkent shaxar Yashnobod tumani Yangi obod bozorida qo‘lga olib, Toshkent shaxar IIBBga topshirgan.

Ma’lumot o‘rnida, muqaddam sudlangan “Kolya” laqabli Quatbay Saburov 1972 yil 15 fevralida Kegeyli tumanida tug‘ilgan.

U 5-sinf bolani zo‘rlashda ayblanib, qiduruvga berilgan edi.

Temur Nazarov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Qiz, 5-sinf, zo'rlash | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя