Главная » 2020 » Декабрь » 22 » O‘tgan asrdan oldingi davrga tegishli shishadagi xabar olimlarni boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘ydi
10:57

O‘tgan asrdan oldingi davrga tegishli shishadagi xabar olimlarni boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘ydi


Amerikaning Massachusets shtatidagi Boston shahrida o‘tgan asrdan oldingi davrga tegishli sirli xabari bo‘lgan shisha topildi.

Bu haqda “Boston Archeology Program” mahalliy arxeologik xizmati xodimlari o‘zlarining “Facebook”dagi sahifalarida ma’lum qilishdi.

Ta’kidlanishicha, 1894 yil 23 sentyabrga oid xabarga Tom Ford nomi hamda "Shi uchun olti" sirli iborasi bitilgan.

Arxeologlar shisha topilgan bino manzilini ko‘rsatib, tarmoq foydalanuvchilaridan xabardagi sirli jumlani o‘qishga yordam so‘rashgan.

Shundan so‘ng "Menimcha, 1894 yilda Tom Ford ismli shaxs Bostonning Shi ko‘chasidagi 6-uyda yashagan", "Bu nimagadir pul tikish yoki garovga o‘xshamoqda", "Ehtimol, kimdir qimor o‘yinlari haqidagi dalillarni yashirgandir?!" deb yozgan foydalanuvchilar izohlarda.

Mahalliy arxeolog Jo Begli yozuvning ma’nosini ochib, uni yozgan kishi haqidagi butun haqiqatni bilib olishga umid qilmoqda.

"Men hech qachon bunaqasini ko‘rmaganman", deb tan olgan mutaxassis.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: olimlarni, Xabar, boshi berk ko‘chaga, shishadagi, asrdan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя