Главная » 2017 » Август » 24 » “O‘tgan kunlar” romani fransuz va ingliz tilida chop etiladi
16:50

“O‘tgan kunlar” romani fransuz va ingliz tilida chop etiladi


Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi madaniy-ma’rifiy va ilmiy ommabop manbaalar hamda o‘zbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish va chop etishga grant ajratish orqali O‘zbekistonning boy madaniy merosini butun dunyoga targ‘ib etishga hissa qo‘shishni maqsad qilgan.

Fond O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi bilan hamkorlikda mashhur o‘zbek adibi Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanini ingliz va fransuz tillariga tarjima qilish hamda ushbu nodir asarni jahon hamjamiyatiga tanitishni rejalashtirgan. Bu haqda Fondning Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi vasiylik kengashi raisi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillyayeva Islom Karimov fondiga asos solgani haqida xabar bergan edik.

Zohirshoh Jo‘raev

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ingliz, “O‘tgan kunlar” romani, VA, tilida chop etiladi, fransuz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя