Главная » 2019 » Декабрь » 29 » “O‘tkan kunlar” filmining to‘liq versiyasi bugun 10 ta milliy telekanal orqali namoyish etiladi
12:03

“O‘tkan kunlar” filmining to‘liq versiyasi bugun 10 ta milliy telekanal orqali namoyish etiladi


Abdulla Qodiriy romani asosida yaratilgan ushbu film namoyishi yozuvchi tavalludining 125 yilligiga bag‘ishlanadi.

Joriy yilda Prezident tashabbusiga ko‘ra 1969-yilda rejisser Yo‘ldosh A’zamov tomonidan yaratilgan “O‘tkan kunlar” filmining to‘la versiyasi negativ plyonkadan qayta tiklanib, raqamli formatga o‘tkazildi va 2019-yil 7-dekabr kuni O‘zbekistonga taqdim etildi.

“Taniqli hamyurtimiz, mashhur xayriyachi Alisher Usmonovning beminnat ko‘magida amalga oshirilgan misli ko‘rilmagan bu tadbir milliy kinematografimizning durdona asarlarining raqamli formatga o‘tkazilgan versiyasini Rosiya kinofondidan qaytarib olib kelish milliy loyihasining navbatdagi bosqichi bo‘ldi. Shu sababdan ‘O‘zbekkino’ milliy agentligi hamyurtimiz Alisher Usmonovga o‘zbek xalqiga qilingan ushbu bebaho sovg‘a uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi”, — deyiladi xabarda.

Film namoyishi davlat va nodavlat telekanallarda quyidagi tartibda boshlanadi:

  • “O‘zbekiston” telekanali — soat 21:40 (o‘zbek tilida);
  • “Yoshlar” telekanali — soat 10:20 (o‘zbek tilida);
  • “Mahalla” telekanali — soat 18:30 (o‘zbek tilida);
  • “Oilaviy” telekanali —soat 13:10 (rus tilida);
  • “Madaniyat va ma‘rifat” telekanali — soat 15:10 (o‘zbek tilida);
  • “Kinoteatr” telekanali —soat 16:40 (o‘zbek tilida) va 20:10 (rus tilida);
  • “Sevimli” — soat 10:00;
  • “Mening yurtim” — soat 22:30:
  • “Zo‘r”TV — soat 11:00;
  • “Milliy” — soat  08:00.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя