Главная » 2016 » Декабрь » 1 » O‘z farzandini 6 mln so‘mga sotayotgan andijonlik ayol hibsga olindi
20:22

O‘z farzandini 6 mln so‘mga sotayotgan andijonlik ayol hibsga olindi


Eng qabih jinoyatlardan biri – odam savdosiga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida davlat bojxona xizmati organlari tomonidan ham doimiy chora-tadbirlar olib borilmoqda.
 
Yaqinda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ana shunday jinoyatlardan biri o‘z vaqtida fosh qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
 
O‘zbek xalqi azaldan bolajon xalq hisoblanadi. Shu boisdan, biron oila “tirnoqqa zor” bo‘lib qolgudek bo‘lsa, darrov xalqimizga xos bag‘rikenglik va mehribonlik ifodasi sifatida farzand asrab olishga harakat qilishadi. Ayni shu vaziyatdan foydalanib, mo‘may daromad orttirib qolishga urinuvchi kimsalar ham bor-ki, ular yurtimizda bola asrab olish uchun joriy qilingan amaldagi tartiblarni chetlab o‘tib, farzandtalab insonlarga go‘daklarni pullashga harakat qilishadi.
 
Qo‘rg‘ontepa tumanida istiqomat qiluvchi Shahlo Qosimova (maqoladagi barcha ism shariflar o‘zgartirilgan) ham ana shunday kimsalardan biri. Faqat u birovning bolasini emas, balki o‘zining jigarbandini – endigina tug‘ilgan qizalog‘ini sotishni rejalashtiradi. Xaridor topishda esa unga hamtovog‘i Dildora Muinova “yordam”ga keladi.
 
Andijon shahridagi viloyat perinatal markazi oldida tezkor tadbirga jalb qilingan “yollanma xaridor” bilan uchrashuv belgilanadi. Onadek mo‘’tabar nomga dog‘ tushirgan Shahlo va uning jinoiy sherigi Dildora chaqaloqni 6,1 mln so‘mga pullayotgan paytda bojxonachilar tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi.
 
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdorlarga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tuman sudining xukmi bilan qilmishiga yarasha jazo tayinlandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: sotayotgan, ona, Farzand | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя