Главная » 2020 » Июль » 2 » O‘z joniga qasd qilgan 18 yoshli qizning turmush o‘rtog‘iga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
23:32

O‘z joniga qasd qilgan 18 yoshli qizning turmush o‘rtog‘iga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Qashqadaryoning Koson tumanida 18 yoshli M.Jo‘rayeva o‘z joniga qasd qilganligi haqidagi xabarlar tarqalganligi yuzasidan Bosh prokuratura bayonot berdi.

2020-yil 9 may kuni Koson tumani, I.Karimov ko‘chasida joylashgan uyda ijarada yashab kelgan M.Jo‘rayeva (2002 y.t.) o‘zini osib, vafot etgan.

Tekshirish davomida, marhuma M.Jurayevaning turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtalarida doimiy ravishda urish-janjal bo‘lib kelganligi, turmush o‘rtog‘i uni haqorat qilib, urib, tan jarohati yetkazib, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitib kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 08.06.2020 yilda Koson tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirishga undash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 18 yoshli qizning, O‘z joniga qasd qilgan, turmush o‘rtog‘iga nisbatan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя