Главная » 2016 » Октябрь » 26 » O‘z o‘g‘lini 20 yil yerto‘lada saqlagan ota
13:24

O‘z o‘g‘lini 20 yil yerto‘lada saqlagan ota


Braziliya polisiyachilari San-Paulu shahrida o‘tkazgan reydda uylardan biridi yerto‘lada karavotga zanjirband qilingan erkakni uchratdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Huquq tartibot idoralari xodimlarining taxminiga ko‘ra, 36 yoshli Armando di Andradi (Armando de Andrade)ni otasi va o‘gay onasi 20 yildan beri yerto‘lada saqlagan. Uni qutqargan polisiyachilar oyoq va qo‘llarining tirnoqlari juda o‘sib ketganligini, holdan toyganligini ko‘rishgan. Yerto‘laning oynasi, chirog‘i bo‘lmagan, poli najas bilan qoplangan.

Polisiya boshlig‘i Selso Markiori (Celso Marchiori)ning ma’lumot berishicha, Armando polisiyachilarning savoliga javob berolmagan, hatto ularni tanimagan. Polisiyachilar “Tez yordam” xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan, ular Armandoni kasalxonaga yotqizgan. “Antisanitar holatdagi, zim-ziyo xonada 20 yil yashashni tasavvur qilish juda qiyin”, dedi Markiori. Andradi 16 yoshida bedarak yo‘qolgan. U hamma o‘smirlar qatori voyaga yetgan, skeytbordga qiziqqan, gitara chalgan. Uning bedarak yo‘qolganligi holati bo‘yicha so‘roq qilingan otasi va o‘gay onasi Andradi Braziliyaning boshqa shahriga ko‘chib ketganligini, hamma ishi joyidaligini ma’lum qilgan. Qo‘shnilarning taxminiga ko‘ra, uni ota-onasi spirtli ichimlik iste’mol qilganligi tufayli yerto‘laga qamab qo‘ygan. 

Armandoning otasi Amansio di Andradi (Amancio de Andrade)ning ta’kidlashicha, o‘g‘li 18 yoshda uydan chiqib ketib, bir hafta ilgari oilasiga qaytgan. O‘g‘li giyohvandlik moddasi iste’mol qilganligi tufayli uning talabiga ko‘ra yerto‘laga qamab qo‘yganligini tan olgan. Polisiya tergov ishlarini boshlab yuborgan. Hozircha Armandoning otasi va o‘gay onasi qamoqqa olinmagan. Ammo ularning bu qilig‘idan g‘azablangan qo‘shnilaridan qochib, uylarini tark etgan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: 20 yil, saqlagan ota, yerto‘la, O‘z o‘g‘lini | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя