Главная » 2020 » Октябрь » 10 » O‘z turmush o‘rtog‘iga OITS yuqtirgan ayolga hukm o‘qildi
09:47

O‘z turmush o‘rtog‘iga OITS yuqtirgan ayolga hukm o‘qildi


Sirdaryolik Feruza (ismi o‘zgartirilgan) hamma ayollarga o‘xshab oila qurib, baxtli bo‘lmoqchi edi, lekin u 2016-yilda OITS kasalligiga duchor bo‘ldi, shu og‘ir dardga chalingan bo‘lsa ham oila qurishga qaror qildi.

Feruza o‘zini OITS kasalligiga chalinganligini bilsa-da, ushbu kasallikni uyiga kelgan sovchilardan yashirib, turmush qurishga rozilik bildirdi. 2020-yil 7-mart kuni Zufarbek (ismi o‘zgartirilgan) bilan sha’riy nikohdan o‘tib, ular oila bo‘lib yashadilar, oqibatda turmush o‘rtog‘i OITS kasalligini yuqtirib oldi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xovos tuman sudining sudyasi B.Mamadaminovning ma'lum qilishicha, sud ushbu jinoyat ishini har tomonlama ko‘rib chiqib, Feruzani O‘zbekiston Respublikasi JKning 113-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, uning aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, muqaddam sudlanmaganligini va eng asosiysi jabrlanuvchining hech qanday da’vosi yo‘qligini inobatga olib, unga O‘zbekiston Respublikasi JKning 113-moddasi 4-qismi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, sutkaning soat 22:00 dan 06:00 gacha yashash joyidan chiqishini cheklagan holda 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘z turmush o‘rtog‘iga, OITS, ayolga, hukm o‘qildi, yuqtirgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя