Главная » 2021 » Январь » 1 » «O‘zavtosanoat» faqat elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tadi
22:40

«O‘zavtosanoat» faqat elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tadi


O‘zbekiston hukumati «O‘zavtosanoat» kompaniyasini faqat elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 29 dekabrdagi qarorida belgilandi deya yozmoqda «Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov.

Qayd etilishicha, mamlakat ichkarisida elektr transport vositalarini sotib olish va (yoki) vaqtincha olib kirish uchun yig‘im bekor qilinadi. Moliya vazirligi 2021 va undan keyingi yillar uchun byudjetni shakllantirishda buni hisobga olishi kerak.

Hujjatda 2 oy ichida elektr transporti uchun quvvat olish stansiyalarini (terminallarini) o‘rnatish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish belgilangan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zavtosanoat, elektromobillar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя