Главная » 2017 » Сентябрь » 8 » “O‘zbegim” festivalida tayyorlangan megapalov Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin oldi
16:09

“O‘zbegim” festivalida tayyorlangan megapalov Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin oldi


Toshkentda 8-sentabr kuni “O‘zbegim” milliy qadriyatlar festivali doirasida megapalov tayyorlandi.

Taom va qozonning umumiy vazni qariyb 14 450 kilogrammni tashkil etdi. Guinness World Records vakili Richard Stening tayyorlangan palovning hajmi 7360 kilogrammni tashkil etganini ma’lum qildi.

“Men janob Allamjonovni davramizga taklif qilaman va Milliy TV’ni palov tayyorlash bo‘yicha rekord o‘rnatilgani bilan tabriklayman”, — dedi Richard Stening.

Steningning qo‘shimcha qilishicha, rekord o‘rnatilishi uchun taom hajmi 4 tonna tashkil etishi kifoya edi.

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Ginnesning, “O‘zbegim” festivalida, megapalov, tayyorlangan, rekordlar kitobidan o‘rin oldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя