Главная » 2020 » Ноябрь » 15 » O‘zbek qizlari ham ishtirok etgan “Eng go‘zal muhojir qiz” tanlovi g‘olibasi ma’lum bo‘ldi (foto)
10:07

O‘zbek qizlari ham ishtirok etgan “Eng go‘zal muhojir qiz” tanlovi g‘olibasi ma’lum bo‘ldi (foto)


12 noyabr kuni Rossiyada muhojir qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan go‘zallik tanlovi yakunlandi, deb xabar berdi "Axbor" portali.

Rossiya muhojirlar federasiyasi tomonidan tashkil etilgan go‘zallik tanlovida Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Ukraina, Moldova, O‘zbekiston, Turkmaniston va hatto Afg‘onistondan kelgan ikki yuzdan ziyod qizlar ishtirok etishgan.

Birinchi bosqichlar onlayn ovoz berish orqali o‘tkazilgan va 12 ishtirokchini o‘z ichiga olgan final yakka tarzda bo‘lib o‘tgan. Natijada, Yekaterinburgda yashovchi asli tojikistonlik Fotima Kaladorova eng go‘zal qiz deb topilgan. Qirg‘izistondan kelgan muhojir Kamila Polotbekova esa ikkinchi o‘rinni zabt etgan.

Qayd etilishicha, Fotima Kaladorova Rossiyada yashovchi tojikistonlik muhojirlar oilasida tug‘ilgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: g‘olibasi, muhojir, ma’lum bo‘ldi, Eng Go‘zal, O‘zbek qizlari, (Foto) | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя