Главная » 2018 » Апрель » 20 » O‘zbek telekanalida norasmiy taqiqqa uchragan serial qayta namoyish etiladi
20:48

O‘zbek telekanalida norasmiy taqiqqa uchragan serial qayta namoyish etiladi


90-yillar oxirida suratga olingan “Shaytanat” seriali hatto bugungacha xalqning tilidan tushmaydi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘zbekison xalq yozuvchisi Tohir Malikning asari asosida suratga olingan serialda 80-yillar voqealari, qo‘shiqchi Elchin va uning atrofidagi mafiyaning taqdiri, qonli qilmishlari tasvirlangan.

O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diev bilan bo‘lgan suhbatda, ushbu serial tez orada “O‘zbekiston” teleradiokanali orqali namoyish etilishi haqida aytdi.

Eslatib o‘tamiz, “Shaytanat”da bosh rollarni O‘zbekiston xalq artistlari Yodgor Sa’diev, Hayrulla Sa’diev, Erkin Komilov, Lutfulla Sa’dullaev, Gulchehra Jamilova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Behzod Muhammadkarimov, Ra’no Shodiyev kabi mashhurlar ijro etishgan.

Serial O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Qalqon” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan. Ushbu studiyaga O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diev rahbarlik qiladi.

Darvoqe, o‘tgan yillarda “Shaytanat” O‘zbekiston telekanallarida norasmiy taqiqqa olingan edi. Telekanallar ushbu serialni oxirgi 15 yil ichida umuman efirga uzatmadi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: serial, Qayta, norasmiy, taqiqqa, O‘zbek telekanalida, uchragan, namoyish etiladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя