Главная » 2020 » Сентябрь » 22 » O‘zbek yigitiga «Times Square»dagi ulkan peshlavha orqali hurmat ko‘rsatildi
16:41

O‘zbek yigitiga «Times Square»dagi ulkan peshlavha orqali hurmat ko‘rsatildi


Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan Dostonbek Toirov AQShning «Morgan Stanley» shirkatida amaliyot o'tashni boshladi.

Nafaqat Qo‘shma Shtatlar, balki dunyoda mashhur bo‘lgan ushbu kompaniyada amaliyot o‘tash o‘ziga xos sharaf sanaladi. «Morgan Stanley» ma’muriyati amaliyotning ilk kuni Dostonbekka kutilmagan sovg‘a tayyorladi. Nyu-Yorkning mashhur Tayms skveridagi ulkan peshlavhada o‘zbekistonlik mutaxassisning ism-sharifi va surati e’lon qilindi.

«Tayms skverdagi ulkan monitorda o‘z nomimni ko‘rib benihoya hayajonlandim», deydi Dostonbek Toirov.

«Xabar.uz» sayti «Xorijdagi vatandoshlar» sahifasi orqali Dostonbek Toirov bilan intervyu uyushtirgandi.

Tahririyat jamoasi o‘zbek yigitiga okean ortidagi faoliyatida yangi zafarlar tilaydi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: hurmat ko‘rsatildi, peshlavha, Times Square, orqali, yigitiga, ulkan, O‘zbek | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя