Главная » 2021 » Январь » 17 » O‘zbekiston ayollar futbolining «hunari» chiqdi
15:27

O‘zbekiston ayollar futbolining «hunari» chiqdi


O‘zbekiston ayollar futbolida ayrim futbolchi va mutaxassislar kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani, totalizatorlik faoliyati bilan shug‘ullangan shaxslarga yordam bergani uchun 1 yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlatildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, futbol sohasida faoliyat yuritgan sobiq mutaxassislar hamda ushbu sohaga aloqador bo‘lmagan shaxslar tomonidan «Guli» (Navoiy), «Navbahor» (Namangan), «Metallurg» (Bekobod) va «Bunyodkor» (Toshkent) ayollar klubi vakillarining ko‘rsatmalariga asosan ularga haq evaziga kelishilgan o‘yinlarda qatnashish va totalizatorlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha taklif bilan chiqilgani ma’lum bo‘lgan.

Shundan so‘ng, ayrim futbolchi va mutaxassislar yuqorida tilga olingan takliflarga rozilik bildirib, o‘ziga aytilgan noqonuniy vazifalarni bajargani ham fosh etilgan.

O‘FA Etika qo‘mitasining yig‘ilishida ayrim futbolchi va mutaxassislar 1 yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddatlarga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlatilgan. 


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: hunari, O‘zbekiston, futbolining, ayollar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя