Главная » 2021 » Март » 20 » O‘zbekiston baxtli mamlakatlar reytingida nechanchi o‘rindaligi ma’lum bo‘ldi
12:56

O‘zbekiston baxtli mamlakatlar reytingida nechanchi o‘rindaligi ma’lum bo‘ldi


Gallup tomonidan an’anaviy ravishda e’lon qilinadigan dunyoning baxtli mamlakatlari reytingida O‘zbekiston 42-o‘rinni egalladi. Bu haqda 19-mart kuni e’lon qilingan World Happiness Report 2021 hisobotida qayd etilgan.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, bu yilgi hisobotda COVID-19 pandemiyasining oqibatlari va uning turmush darajasiga ta’siriga e’tibor qaratildi.

Finlyandiya reytingda qatorasiga to‘rtinchi yil yetakchilik qilmoqda. Eng baxtli mamlakatlar uchligidan, shuningdek, Islandiya va Daniya o‘rin oldi. Undan kenyingi o‘rinlarni Shveysariya, Niderlandiya, Shvetsiya, Germaniya, Norvegiya va Yangi Zelandiya egalladi.

O‘zbekiston reytingda 149 mamlakat orasida 42-o‘rindan joy oldi. 2020-yilgi reytingda O‘zbekiston 38-o‘rinni egallagandi. Qo‘shni mamlakatlardan Qozog‘iston — 45, Qirg‘iziston — 67, Tojikiston — 78, Turkmaniston esa 97-o‘rinda qayd etilgan.

Reytingda oxirgi o‘rinlarni Ruanda, Zimbabve va Afg‘oniston egallagan.

Ma’lumot uchun, World Happiness Report (Baxtiyorlik to‘g‘risidagi hisobot) BMTning barqaror rivojlanish yechimlarini izlash bo‘limi tomonidan har yili tuzib kelinadi. Ushbu hisobot va reyting 2012-yildan beri e’lon qilib boriladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: reytingida, Baxtli, Mamlakatlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя