Главная » 2021 » Январь » 11 » O‘zbekiston bo‘yicha suv narxi ko‘tarildi
18:35

O‘zbekiston bo‘yicha suv narxi ko‘tarildi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlarining viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan respublika bo‘yicha 1 kub metr ichimlik va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar (suv hisoblagichi borlar uchun) tasdiqlandi.

Yangi tariflarga ko‘ra, O‘zbekistonda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlarining yangi narxlari o‘rtacha 1,9 foizga oshgan.

“Bugun suv hisoblagichlari bilan ta’minlangan iste’molchilarga hisob-kitob tizimini tushuntirib o‘tamiz. Suv hisoblagichlar bilan ta’minlanmagan iste’molchilarga hisob-kitoblar suv iste’moli me’yorlaridan kelib chiqib hisoblanadi, bu haqda keyinroq alohida tushuntirish berib o‘tamiz”, deyiladi “UZSUVTA’MINOT” xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida ichimlik va oqova suv bo‘yicha yangi narxlar e’lon qilingandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekiston, ko‘tarildi, narxi, SUV | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя