Главная » 2021 » Март » 9 » O‘zbekiston budjet xarajatlari uchun Yaponiyadan qarz mablag‘lari oladi
12:14

O‘zbekiston budjet xarajatlari uchun Yaponiyadan qarz mablag‘lari oladi


Bu haqda «Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (YaXHA) ishtirokida «O‘zbekistonda shaffof va keng bozor iqtisodiyotiga o‘tishni rivojlantirish siyosatini qo‘llab-quvvatlash» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori loyihasida so‘z boradi.

YaXHA qarz mablag‘lari quyidagi moliyalashtirish shartlarida jalb etiladi:

  • «O‘zbekistonda koronavirus Covid-19 pandemiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish» loyihasi bo‘yicha – 15,0 mlrd.yapon yenasi miqdoridagi mablag‘larni 15 yil muddatga, shu jumladan 4 yillik imtiyozli davr bilan 0,01 foizda;
  • «Rivojlantirish siyosatini qo‘llab-quvvatlash» loyihasi bo‘yicha – 195,0 mln. AQSh dollar miqdoridagi mablag‘ 25 yil muddatga, shu jumladan 7 yillik imtiyozli davr bilan 6 oylik LIBOR +1,1 foizda.

YaXHA qarz mablag‘lari O‘zbekistonga respublika budjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratilishi ma’lum qilingan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: budjet, Yaponiyadan, qarz, mablag‘lari, xarajatlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя