Главная » 2021 » Май » 28 » O‘zbekiston eng ko‘p kimdan qarz olgani ma’lum bo‘ldi
11:20

O‘zbekiston eng ko‘p kimdan qarz olgani ma’lum bo‘ldi


O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliyaviy institutlardan jalb qilgan tashqi qarz portfeli hajmi 10,1 mlrd. dollarni tashkil etib, mazkur kreditlar uzoq muddat hamda imtiyozli foiz stavkalarida taqdim etilgan. Bu haqda haqda Moliya vazirligi hisobotida so‘z boradi.

Xususan, 2021 yilning yanvar-mart oylarida Koreya Eksimbanki bilan 164 mln. dollarga teng 40 yil muddatga (10 yillik imtiyozli davri bilan) 0,15 foizlik 2 ta qarz bitimi, Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi bilan 135,5 mln. dollarga teng 15 yil muddatga (4 yil imtiyozli davri bilan) 0,01 foizlik 1 ta qarz bitimi imzolandi.

Davlat tashqi qarzining asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki (5,0 mlrd. dollar), Jahon banki (3,8 mlrd. dollar) va Islom taraqqiyot banki (0,9 mlrd. dollar) hissasiga to‘g‘ri keladi.

Davlat tashqi qarzining manbalari diversifikatsiyasi ta’minlangan bo‘lib, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari hissasiga davlat tashqi qarzining 43,8 foizi to‘g‘ri kelishi qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasining asosiy kreditorlari Xitoy eksimbanki, Xitoy davlat taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va boshqa mamlakatlarning xorijiy hukumat moliya tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri kelib, asosan turli investitsion dasturlarni davlat kafolatlari ostida moliyalashtirilishi uchun qarz mablag‘lari jalb etilgan.

Kreditorlar oldidagi qarzdorlik bo‘yicha xarajatlar davlat korxonalari tomonidan investitsion loyihalarni moliyalashtirish natijasida tushgan mablag‘lar hisobidan so‘ndiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat tashqi qarzi portfeli valyuta tarkibining 70,4 foizi – AQSH dollari, 11,0 foizi - Yaponiya iyenasi, 9,5 foizi – SDR (maxsus qarz olish huquqlari), 5,0 foizi – Yevro, 4,1 foizi - boshqa valyutalardagi tashqi qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qarz, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя