Главная » 2020 » Сентябрь » 15 » O‘zbekiston fuqaroligini olish uchun yana bir talab kuchga kirdi
09:50

O‘zbekiston fuqaroligini olish uchun yana bir talab kuchga kirdi


Bugun, 15 sentyabrdan boshlab “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi. Qonun 2020 yil 13 mart kuni imzolangan va oradan 6 oy o‘tgach kuchga kirishi belgilangan edi.

Qonunga binoan, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishning quyidagi turlari mavjud:

•    umumiy tartib;
•    soddalashtirilgan tartib;
•    alohida tartib.

Mazkur qonunda avvalgisidan farqli o‘laroq “vatandosh” degan tushuncha kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblangan vatandoshga nisbatan O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanadi. 

Shuningdek, qonun bilan O‘zbekiston fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilishning asosiy shartlaridan biri sifatida ariza topshirgan shaxsning davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilishi ham kiritilgan.

Bundan tashqari qonunda O‘zbekiston fuqaroligiga alohida tartibda qabul qilish, fuqarolikni tiklash va tugatish, fuqarolikdan chiqish hamda fuqarolikni yo‘qotish asoslari ham belgilab qo‘yilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: talab, kuchga kirdi, fuqaroligini, olish uchun, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя