Главная » 2017 » Апрель » 3 » O‘zbekiston fuqarosi Rossiyadagi baxtsiz voqea qurboni bo‘ldi
21:35

O‘zbekiston fuqarosi Rossiyadagi baxtsiz voqea qurboni bo‘ldi


Rossiyaning Sverdlov viloyati Verxniy Tagil shahrida joylashgan “Svinsovaya kompaniya” sanoat korxonasida yirik yong‘in yuzaga keldi. Qo‘rg‘oshin korxonasida ro‘y bergan yong‘in o‘zbekistonlik fuqaroning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” agentligi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, voqea oqibatida qurbon bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi mehnat shartnomasi bilan shu korxonada ishlagan. Yong‘in yana 3 kishining yaralanishiga sabab bo‘ldi. Ular zudlik bilan shifoxonaga yetkazildi.

Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, yong‘in metalni qayta eritish uchun ishlatiladigan qozonning portlashi oqibatida yuzaga kelgan. Ayni vaqtda yuz bergan voqea yuzasidan jinoyat ishi ochildi.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: O‘zbekiston fuqarosi, baxtsiz voqea, qurboni bo‘ldi, Rossiya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя