Главная » 2021 » Октябрь » 17 » O‘zbekiston harbiy musobaqada AQShni ortda qoldirdi
15:02

O‘zbekiston harbiy musobaqada AQShni ortda qoldirdi


Joriy yil 29-sentyabrdan 17 oktyabrga qadar Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida o‘tkazilgan razvedka va maxsus bo‘linmalarning «Kembriya patruli» xalqaro musobaqasida dunyoning jami 18 ta davlatidan 103 ta jamoalar ishtirok etdi.

Jumladan, unda mezbon Buyuk Britaniya, O‘zbekiston, Kosovo, Gretsiya, Irlandiya, Germaniya, Latviya, Fransiya, Gana, Italiya, Hindiston, Polsha, AQSh, Daniya, Indoneziya, Shveysariya, Litva, Niderlandiya Qurolli Kuchlari razvedka va maxsus bo‘linmalari harbiy xizmatchilaridan iborat jamoalar o‘zaro bahs olib bordilar.

Musobaqaning faol fazasi 14 oktyabr kuni boshlandi.

Musobaqa konkurslaridagi yo‘nalish 90 km. masofadagi turli darajadagi murakkab shartlardan iborat bo‘lib, har 8-10 km.da bir nechta jangovar topshiriqlar bajarildi.

Shuningdek, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish vositalaridan foydalangan 3 km masofadagi zararlangan hududdan o‘tish, joyni razvedka qilish va tog‘ daryosini kesib o‘tish, yaradorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, jarohatlanganlarni turli yo‘llar bilan evakuatsiya qilish, mina to‘sig‘idan yakka va guruh tarkibida o‘tish, dushman ob’yektiga bosqin uyushtirish, garovga olinganlarni ozod qilish va harbiy asirlarni so‘roq qilish kabi shartlar ham bajarildi.

Bundan tashqari jamoalarga 8 ta kutilmagan «test syurpriz» (xorijiy davlatlar qurollari va harbiy texnikasi turlarini aniqlash, simulyasiya va aloqa uskunalari yordamida artilleriya olovini yo‘naltirish, harbiy topografiya me’yorlarni bajarish, Jeneva konvensiyasi bo‘yicha test topshirish, razvedka bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash va tuzish, aloqa tayyorgarligi bo‘yicha me’yorlarni bajarish, bajarilgan tadbirlar bo‘yicha va keyingi topshiriqlarni bajarishga shayligi bo‘yicha bildiruv berish) topshiriqlari ham berilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi musobaqada turli murakkab shartlardan iborat 90 km masofani 37 soatda bosib o‘tdi, deya ma’lum qildi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

Xalqaro musobaqa natijalariga ko‘ra, I o‘rin va oltin medallarni mezbon davlat – Buyuk Britaniya jamoasi, II o‘rin va kumush medallarni Germaniya, Fransiya, Italiya, Hindiston, AQSh kabi katta davlatlar jamoalarini ortda qoldirgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi, III o‘rin va bronza medallarni Amerika Qo‘shma Shtatlarining jamoasi egalladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ortda qoldirdi, harbiy, AQSH, musobaqada | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя