Главная » 2020 » Май » 16 » O‘zbekiston hududiga chigirtkalar yopirilishi haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
14:52

O‘zbekiston hududiga chigirtkalar yopirilishi haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi


Zararli chigirtkalarni O‘zbekistondagi 122,2 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlangan. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiy munosabatda bildirib o‘tdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan chigirtkalar yopirilib kirib kelgani haqida turli xabarlar tarqamoqda. Ayni karantin va ob-havoning injiqliklari sabab qishloq xo‘jaligiga ta’sir o‘tkazishi aytilmoqda. Ana shunday sharoitda zararli hasharotlar ekinzorlarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

“Bugungi kunda respublika bo‘yicha zararli chigirtkalarni 122,2 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 112 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi. Jumladan, Qashqadaryo viloyatida 38,1 ming gektarda, Surxondaryoda 31 ming gektar, Jizzaxda 23 ming gektar, Samarqandda 7,7 ming gektar, Toshkentda 6,1 ming gektar, Navoiyda 5,1 ming gektar, Farg‘onada 754 gektar, Sirdaryoda 177 gektar, Buxoroda 66 gektar va Andijon viloyatida 40 gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi“, deyiladi bayonotda.

Ma’lum qilinishicha, zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlovlarni o‘tkazishga zarur texnikalar bilan ta’minlangan. Mahalliy byudjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan bugungi kungacha zararli chigirtkalarga qarshi 320,6 ming gektar maydonda ishlovlarni o‘tkazishni ta’minlaydigan kimyoviy vositalar va 211 ming gektarni ta’minlaydigan yoqilg‘i-moylash mahsulotlari zaxirasi yaratilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Xorazm viloyatida zararli chigirtkalarga qarshi ishlovlar may oyining ikkinchi o‘n kunligidan boshlanishi ta’kidlangan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: hududiga, rasmiy, O‘zbekiston, munosabat bildirildi, xabarlarga, yopirilishi, chigirtkalar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя