Главная » 2020 » Май » 19 » O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda Gruziya va Turkiyadan o‘tib ketdi
21:13

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda Gruziya va Turkiyadan o‘tib ketdi


«Ookla» kompaniyasining Speedtest.net servisi 2020-yil aprel oyi natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Speedtest Global Index jahon reytingida O‘zbekiston simli internet tezligi tezligi bo‘yicha yana bir pog'onaga ko'tarildi.

Reytingda O‘zbekiston hozirgi kunda 94-pog‘onani egallab turibdi. Shunday qilib, bir yil davomida 37 pog‘ona ko‘tarilishga erishildi. Ya’ni, 131-o‘rindan 94-pog‘onagacha.

Umuman oxirgi yil natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda aniqlangan internet tezligi kariyb 2,3 barobarga o‘sgan: 2019-yil mart holatiga ko‘ra 11,62 Mbit/c. bo‘lgan bo‘lsa, 2020-yil aprel holatida 25,88 Mbit/c.ni (yuklash) tashkil etmoqda.

2020-yil aprel holatiga ko‘ra respublikamiz simli internet tezligi bo‘yicha bir qator davlatlardan oldinda: Gruziya (95-o‘rin), Turkiya (97-o‘rin), Ozarbayjon (114-o‘rin), Tojikiston (99-o‘rin) va Turkmaniston (174-o‘rin).

Ma’lumot uchun: Speedtest internet tezligini tekshirish uchun umumjahon internet foydalanuvchilari tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida tahlil olib boradi va doimiy ravishda reyting tayyorlab, e’lon qiladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: reytingda, Turkiyadan, internet tezligi, o‘tib ketdi, O‘zbekiston, Gruziya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя