Главная » 2020 » Февраль » 23 » O‘zbekiston koronavirus diagnostikasi uchun vositalar so‘rab xalqaro donorlarga murojaat qilgan edi. AQSh yordam berdi
12:21

O‘zbekiston koronavirus diagnostikasi uchun vositalar so‘rab xalqaro donorlarga murojaat qilgan edi. AQSh yordam berdi


AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Vabo, karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi markaziga 600 komplekt shaxsiy himoya vositasi yetkazib berdi. Elchixona matbuot xizmatidan ma'lum qilishlaricha , mazkur vositalar koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha O‘zbekiston amalga oshirayotgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taqdim etilgan.

Qayd etishlaricha, 2020-yilning yanvar oyida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus diagnostikasi uchun shaxsiy himoya vositasi va test-komplekt so‘rab xalqaro donorlarga murojaat qilgan. Ushbu so‘rovga javoban AQShning Tahdidlarni kamaytirish agentligi (DTRA) 600 komplekt shaxsiy himoya vositasi uchun mablag‘ ajratgan. Ushbu to‘plam tarkibidan korjoma, yuz niqoblari, plastik niqoblar, N95 respiratorlari va qo‘lqoplar o‘rin olgan.

Qo‘shimcha qilishlaricha, AQSh tomonidan taqdim etilgan tibbiy himoya vositalari milliy zaxira sifatida saqlanadi va O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan taqdirdagina ishlatiladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя