Главная » 2021 » Май » 14 » “O‘zbekiston” mehmonxonasi Isroil bayrog‘iga burkandi. Holatga rasmiy izoh berildi
18:28

“O‘zbekiston” mehmonxonasi Isroil bayrog‘iga burkandi. Holatga rasmiy izoh berildi


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi O‘zbekiston mehmonxonasi binosidagi ekranda Isroil bayrog‘i aks etgani tasvirlangan surat va video tarqaldi. Bu holat kecha, 13 may kuni bo‘lgani aytilmoqda va tarmoq foydalanuvchilarining e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

QALAMPIR.UZ shahar markazidagi bino nega Isroil bayrog‘iga burkanganiga aniqlik kiritsh uchun mehmonxona ma’muriyatidan rasmiy izoh oldi. Ma’muriyat xodimi holatga oydinlik kiritib, mehmonxona binosi bundan roppa-rosa bir oy avval, 14 aprel kuni – Isroil mustaqilligining 73 yilligi munosabati bilan shu davlat bayrog‘i tusiga kirganini aytib o‘tdi. 

Mehmonxona xodimining so‘zlariga ko‘ra, bu uchun Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan shartnoma tuzilgan.

“Isroildan oldin Pokiston bayrog‘i qo‘yilgandi. Bu o‘sha mamlakatlardan keladigan sayyohlarning kelishiga ham turtki beradi. O‘zbekiston diplomatik aloqa o‘rnatgan davlatlarga (bayrog‘ini – tahr.) qo‘yib beramiz. Bu qonun doirasida”, deydi mehmonxona front ofisi direktori Sanjar Mo‘minov.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: burkandi, mehmonxonasi, Isroil, bayrog‘iga, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя