Главная » 2020 » Октябрь » 27 » O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy munosabati
22:05

O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy munosabati


Butun dunyoda Hazrati Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan Rabi’ul avval oyi boshlandi. Jome masjidlarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlari tarannum etilmoqda, qorilarning Qur’on tilovatlari-yu nashidalari yangramoqda va mavlidi shariflar o‘qilmoqda. Bunday fayziyob kunlar musulmon ummatiga katta quvonch bag‘ishlamoqda...

Ayni shu kunlarda ayrim bosma nashrlarda, turli internet saytlari va ijtimoiy tarmoq safihalarida Payg‘ambar alayhissalomga nisbatan nomunosib, haqoratomuz karikatura chop etilishi va uning ortidan kelib chiqqan turli ko‘ngilsiz holatlar ayrim bahs-munozaralar, ixtilof va tushunmovchiliklar hamda noto‘g‘ri xatti-harakatlarga sabab bo‘lmoqda.

O‘z navbatida, O‘zbekiston musulmonlari idorasi mo‘min-musulmonlarning hissiyotini qo‘zg‘ash, fitna chiqarish va diniy qadriyatlar, muqaddasotlarga nisbatan haqoratni ifodalovchi har qanday holatni jiddiy qoralashini hamda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sha’nlari mo‘min-musulmonlar uchun eng oliy qadriyat ekanini qat’iy ta’kidlaydi.

Shuningdek, bu kabi munosabatlar xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro totuvlikni buzishga qaratilgan fitna hamda odamlarning diniy e’tiqodi bilan bog‘liq his-tuyg‘ularini haqoratlash, diniy qadriyatlarni oyoq osti qilish, millatlararo va dinlararo adovat uyg‘otish, deb baholaydi.

Ta’kidlash kerakki, kim bo‘lishidan qat’iy nazar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni har qancha kamsitishga urinmasin yoki musulmonlar yo Islom diniga tosh otmasin bu bilan dinimizga yoki musulmonlarga zarracha ham ziyon yetkaza olmaydi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: munosabati, rasmiy, O‘zbekiston, Musulmonlari idorasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя