Главная » 2017 » Июль » 26 » O‘zbekiston OTMlarida ta’lim sifatini nazorat qiluvchi bo‘limlar tashkil etiladi
17:05

O‘zbekiston OTMlarida ta’lim sifatini nazorat qiluvchi bo‘limlar tashkil etiladi


O‘zbekiston oliy ta’lim muasasalari tuzilmasida ta’lim sifatini nazorat qiluvchi bo‘limlar tashkil etiladi. Bu hukumatning Vazirlar Mahkamasi qoshida ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda titilgan, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Inspeksiya O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 20-apreldagi qarori bilan Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish sifatini nazorat qilish bo‘yicha boshqarmasi bazasida tashkil etilgan edi.

Yangi bo‘limlar zimmasiga OTMlarni ichki attestatsiyadan o‘tkazish, ularning natijalari, shuningdek, ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlqarni o‘quv yurti rektori va inspeksiyaga taqdim etish yuklatilgan.

Bo‘limlar xodimlari boshliq va ikki nafar bosh mutaxassisdan tarkib topib, davlat inspeksiyasi tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod qilinadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: OTM, ta’lim sifati, tashkil etiladi, bo‘lim, nazorat qiluvchi, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя