Главная » 2017 » Апрель » 21 » O‘zbekiston OTMlariga qabul kvotasi 18 foizga oshiriladi
09:19

O‘zbekiston OTMlariga qabul kvotasi 18 foizga oshiriladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matnini O‘zA e’lon qildi.

Qarorga keltirilgan sharhda aytilishicha, mustaqillik yillarida iqtisodiyotning, ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda, yurtimizda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, unga o‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ixtisoslik yo‘nalishlarini takomillashtirish borasida katta ishlar qilindi.

“Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-oktabrdagi farmoyishi asosida tuzilgan ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi mavjud holatni o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, qator oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik salohiyat hanuz past darajada qolmoqda, ta’lim jarayonining o‘quv-metodik va axborot ta’minoti zamonaviy talablarga mos emas, moddiy-texnik baza tizimli ravishda yangilanishga muhtoj. Oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribani keng joriy etish, yetakchi xorijiy turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish borasidagi ishlar talab darajasida olib borilmayapti”, — deyiladi unda.

Qabul qilingan qarorda oliy ta’lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari belgilandi. Ular orasida har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el o‘qituvchilari va olimlarini jalb etish kabi bandlar mavjud.

Qarorda belgilangan vazifalarning samarali yechimini to‘liq ta’minlash maqsadida oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash maqsadida Oliy ta’lim tizimini 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq, 2017-2021-yillarda 48 ta oliy ta’lim muassasasida jami 180 ta o‘quv, ilmiy-laboratoriya binosi, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalari obyektlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shuningdek, 53 ta oliy ta’lim muassasasida 400 ta o‘quv laboratoriyasi bosqichma-bosqich eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi, 7 ta oliy ta’lim muassasasida barcha oliy ta’lim muassasalari o‘zaro hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi.

“Qarorning muhim ahamiyatini ko‘rsatadigan yana bir jihat shundan iboratki, mamlakat Prezidenti tomonidan har bir oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha konkret parametr va ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan manzilli rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi”, — deyiladi hujjat sharhida. Bular:

oliy ta’lim tizimida yangi ta’lim ixtisoslik yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning, shuningdek, iqtisodiyot sohalari va hududlarni kompleks rivojlantirishning joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan va bakalavriat va magistraturaga talabalar qabul qilishning umumiy ko‘rsatkichlarini 2021-yilgacha bosqichma-bosqich ravishda 18 foizgacha oshirishni nazarda tutadigan 2017—2021-yillarga mo‘ljallangan parametr va ko‘rsatkichlari;

o‘quv binolari, talabalar turar-joylari, axborot-resurs markazlari va boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hisobidan yangi o‘quv o‘rinlarini tashkil etish, yangi o‘quv-laboratoriya komplekslarini sotib olish, auditoriyalarni komputer texnikasi bilan jihozlash;

professor-o‘qituvchilarning kasb mahoratini, pedagog xodimlarning malakasini oshirish, shuningdek, ularning xorijiy hamkor oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishi, magistratura, doktoranturada ta’lim olishi, hamda respublikamizning tayanch oliy o‘quv yurtlari qoshida qayta tayyorgarlikdan o‘tishi va malaka oshirishi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: OTM, 18 foiz, qabul kvotasi, oshiriladi, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя