Главная » 2020 » Январь » 7 » O‘zbekiston pasporti dunyo reytingida 85-o‘rinni egalladi
20:18

O‘zbekiston pasporti dunyo reytingida 85-o‘rinni egalladi


Londonda joylashgan Henley & Partners kompaniyasi jahon mamlakatlari pasportlarining 2020 yilgi reytingini e`lon qildi.

Reytingda 57ta davlatga vizasiz kirish huquqini beradigan O‘zbekiston pasporti 85-o‘rinda qayd etilgan.

So‘nggi besh yildan buyon O‘zbekiston pasportining o‘rnida (82-85) jiddiy o‘zgarish kuzatilmagan. Hujjat 2006 yildan keyingi davrda faqat bir marta 85-o‘rindan pastga tushgan, 2015 yili 87-o‘rinni egallagan.

Yangi ro‘yxatda ham (qatorasiga uchinchi yil) Yaponiya pasporti yetakchilik qilmoqda — yaponiyaliklar 191ta davlatga viza rasmiylashtirmay borishlari mumkin. Yuqori uchlikda Singapur (190 davlat), Germaniya va Janubiy Koreya (189 tadan) ham bor.

4-8-pog‘ona guruhlaridagi 17ta davlatdan 16tasi – Yevropa mamlakatlari, bittasi – AQSh. Amerikaliklar 184ta davlatga vizasiz bora olishadi.

So‘nggi o‘rindan Afg‘oniston pasporti joy olgan (26). Undan oldin Iroq (28) va Suriya (29) pasportlari qayd etilgan.

Reytingni tuzishda fuqarolarning erkin harakatlanishi, vizasiz va soddalashtirilgan viza rejimi kabi omillar ham hisobga olingan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя