Главная » 2016 » Ноябрь » 3 » O‘zbekiston Prezidenti saylovi munosabati bilan 1–5 dekabr kunlari talabalarga ta’til e’lon qilindi
14:19

O‘zbekiston Prezidenti saylovi munosabati bilan 1–5 dekabr kunlari talabalarga ta’til e’lon qilindi


2016 yilning 1–5 dekabr kunlari O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari talabalariga ta’til beriladi. Bu haqda “Anons.uz” saytiga asoslanib, “Daryo” xabar bermoqda.

Toshkent shahrida ta’lim olayotgan Respublikaning turli viloyatlaridan bo‘lgan talabalarning turar joyi bo‘yicha Prezident saylovida ishtirok etish imkoniyati bo‘lishi uchun shu yilning 31 oktabr kuni «Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarining Konstitusion huquqlaridan kelib chiqib doimiy yashash joylarida ovoz berishlariga sharoit yaratish to‘g‘risida»gi qaror qabul qilingandi.

Shu yo‘l orqali ikki marta ovoz berish va blanklarni dublikatlashtirishning oldi olinadi.

Oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda hududiy filiallar direktorlariga ushbu hujjat bilan tanishish va tegishli choralar ko‘rish vazifasi yuklatildi.

Oliy ta’lim vazirligida buyruqda ko‘rsatilgan asosiy nizomlarning bajarilishiga ko‘maklashish uchun ishchi guruh tashkil qilindi. Shuningdek, ushbu ishchi guruh boshqa shaharlardagi barcha talabalarning O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishtiroki ta’minlanishini nazorat qilishi kerak.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ta’til, O‘zbekiston Prezidenti saylovi, sayolov, talabalar, 1–5 dekabr kunlari, e’lon qilindi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя