Главная » 2017 » Август » 23 » O‘zbekiston qizlar terma jamoasi cafa u-15 girls xalqaro musobaqasida ishtirok etadi
13:50

O‘zbekiston qizlar terma jamoasi cafa u-15 girls xalqaro musobaqasida ishtirok etadi


O‘zbekiston qizlar terma jamoasi shu yilning 27–29 avgust kunlari Tojikistonning G‘issor shahrida bo‘lib o‘tadigan CAFA U-15 Girls xalqaro musobaqasida ishtirok etadi.

Mazkur turnirda O‘zbekiston U-15 qizlar terma jamoasi bilan birgalikda mezbon Tojikiston Eron va Qirg‘iziston qizlar termasi qatnashadi. Bosh murabbiy Karima Yo‘ldosheva bo‘lajak musobaqaga 17 futbolchini jalb qildi.

Darvozabonlar: Aziza Davlatova, Oysara Suyunova;

Himoyachilar: Ilvina Kamaliyev, Marina Kosnikova, Sevara Nurullayeva, Sitora Pirnazarova, O‘g‘iloy Saydullayeva, Amina Shodiyev, Marjona To‘rayeva;

Yarim himoyachilar: Jasmina Abdug‘aniyev, Albina Boboqulova, Diyora Erkinova, Diyora Jo‘raboyeva, Shahrizoda Zaynitdinova.

Hujumchilar: Tojiniso Rashidova, Rushana Toshpulatova, Shahnozabonu Yusupova.

Quyida musobaqa taqvimi bilan quyida tanishish mumkin. Barcha uchrashuvlar G‘issor shahridagi “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tadi.

27 avgust, yakshanba

19:00 Eron – Qirg‘iziston

22:00 Tojikiston – O‘zbekiston

28 avgust, dushanba

19:00 Qirg‘iziston – O‘zbekiston

22:00 Eron – Tojikiston

29 avgust, seshanba

19:00 O‘zbekiston – Eron

22:00 Tojikiston – Qirg‘iziston

Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: musobaqasida ishtirok etadi, O‘zbekiston qizlar, Xalqaro, jamoasi cafa u-15 girls, terma | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя