Главная » 2020 » Декабрь » 22 » O‘zbekiston vaksina buyurtma qilgan. Uni birinchi bo‘lib kimlar olishi ma’lum bo‘ldi
23:04

O‘zbekiston vaksina buyurtma qilgan. Uni birinchi bo‘lib kimlar olishi ma’lum bo‘ldi


O‘zbekiston Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVAX alyansi orqali 2 mln doza vaksina so‘rab, murojaat qilgan. Koronavirusga qarshi vaksinani birinchi bo‘lib, keksalar, shifokorlar, o‘qituvchilar, tarbiyachilar oladi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

“Modomiki qaysidir vaksina Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlansa, u O‘zbekistonga olib kelingach, birinchi galda 65 yoshdan yuqori bo‘lgan shaxslar, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar, bog‘chalar tarbiyachilari emlanadi”, deydi Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning dekabr oyi boshida Rossiya Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Rossiyaga “Sputnik V” rusumidagi 100 doza vaksinani Toshkentga shaxsan yetkazib berdi va O‘zbekistonga topshirdi.

Keyinchalik Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar “Sputnik V” bilan emlanishi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, “Bloomberg” nashri O‘zbekiston “Sputnik V” vaksinasiga 70 mln doza buyurtma bergani haqida xabar tarqatdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekiston, vaksina, i birinchi bo‘lib, Buyurtma | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя