Главная » 2020 » Август » 10 » O‘zbekiston «yashil» ro‘yxatga kirdi
22:51

O‘zbekiston «yashil» ro‘yxatga kirdi


1-avgust kuni bergan xabarimizda Ukrainada yangicha tasniflash kuchga kirgani: koronavirus bo‘yicha vaziyat yaxshi-yomonligiga qarab, mamlakatlar «qizil» va «yashil» zonalarga ajratilganini yozgandik.

Ukrainaga kiruvchilar ushbu ro‘yxat asosida ajratish tartibiga o‘tkaziladi yoki koronavirus bo‘yicha test topshiradilar.

«Korrespondent» bugun bergan ma'lumotda ushbu ro‘yxatda o‘zgarishlar bo‘lganini ko‘rish mumkin, xususan, oldingi safar «qizil» ro‘yxatdan o‘rin olgan O‘zbekistonni Ukraina SSV endi «yashil» ro‘yxatga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, «qizil ro‘yxat»ga so‘nggi 14 kunda har 100 ming aholiga hisoblaganda koronavirus qayd etilishi holatlari Ukrainadagidan yuqori (yomon) mamlakatlar kiritiladi. So‘nggi 14 kunda infeksiya yuqishi holatlari oldingi ikki haftadagidan 30 foizga yuqori mamlakatlar ham «qizil ro‘yxat»da.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: «Yashil», ro‘yxatga kirdi, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя