Главная » 2020 » Январь » 8 » O‘zbekiston “Yilning eng yaxshi boks mamlakati” deb tan olindi
08:37

O‘zbekiston “Yilning eng yaxshi boks mamlakati” deb tan olindi


Angliyaning Thefight-site.com sport sayti o‘z maqolasida havaskor boksda dunyoning eng yaxshi sportchilari va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha kuchlilar nomini e’lon qildi.

E’tiborlisi, boks bo‘yicha turli yo‘nalishlarning g‘oliblari sifatida o‘zbekistonlik bokschilar e’tirofga sazovor bo‘lgan.

Maqola muallifi Teylor Uxigginsning keltirishicha, “Yil bokschisi”, deya Osiyo va Jahon chempioni Mirazizbek Mirzahalilov e’tirof etilgan bo‘lsa, undan keyingi o‘rinlarda kubalik Endi Kruz Gomes va Bahodir Jalolov nomlari qayd etilgan.

Jahon boksida “Qiziqarli janglar olib boruvchi” sifatida o‘zbekistonlik Abdumalik Halakov keltirilgan. “Yil nokauti” sifatida esa Bahodir Jalolovning Richard Torres ustidan qozongan g‘alabasi ko‘rsatilgan.

Ushbu maqola O‘zbekiston – “Yilning eng yaxshi boks mamlakati” deya e’tirof bilan yakunlangan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя