Главная » 2020 » Август » 12 » O‘zbekistonda 15-avgustdan xususiy bog‘chalar va maktablar faoliyatiga ruxsat beriladi
23:07

O‘zbekistonda 15-avgustdan xususiy bog‘chalar va maktablar faoliyatiga ruxsat beriladi


Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 15-avgustdan boshlab O‘zbekistonda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablar, shuningdek, o‘quv kurslari va markazlari faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi.

Qarorda mazkur muassasalar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan talablar belgilandi.

  • Ta’lim markazlari va to‘garaklarda mashg‘ulotlar vaqti oldindan kelishib olinishi kerak.
  • Xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ning sog‘lig‘i holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam o‘lchab borish) zarur. Tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar) mashg‘ulotlardan chetlatiladi.
  • Xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi lozim.
  • Muassasalarda sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat’iy rioya etish, bino xonalarini doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash choralari ko‘rilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020-yil 10-iyuldan boshlab tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar maktabgacha ta’lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar faoliyati to'xtatilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: xususiy bog‘chalar, O‘zbekistonda, 15-avgustdan, ruxsat beriladi, faoliyatiga, maktablar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя