Главная » 2020 » Май » 15 » O‘zbekistonda 15-maydan bir qator faoliyat turlariga ruxsat berildi
09:44

O‘zbekistonda 15-maydan bir qator faoliyat turlariga ruxsat berildi


Respublika maxsus komissiyasining 14-maydagi qarori bilan O‘zbekistonda amaldagi karantin talablari 1-iyunga qadar uzaytirildi. Shu bilan birga, 15-maydan boshlab bir qator faoliyat turlariga qayta ish boshlash uchun ruxsat berilgan.

15-maydan boshlab quyidagi faoliyat turlariga ruxsat beriladi:

“Qizil” toifadagi hududlarda:

  • yakka tartibdagi hunarmandchilik;
  • avtomobillarga va qishloq xo‘jalik mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish;
  • elektron qurilmalarni (kompyuter va maishiy texnika vositalari) va aloqa vositalarini ta’mirlash;
  • ijara va lizing xizmatlari;
  • buxgalteriya sohasiga oid xizmatlar (auditorlik, soliq maslahati va boshqalar) ko‘rsatish.

“Sariq” toifadagi hududlarda “qizil” toifadagi hududlarga qo‘shimcha ravishda:

  • riyeltorlik faoliyati;
  • reklama va marketing faoliyati;
  • xususiy bandlik agentliklari faoliyati;
  • mehmonxonalarga o‘z oshxonalarida ovqat pishirish hamda xonalarga yetkazib berish;
  • park va istirohat bog‘lari (attraksionlar, ko‘ngilochar obyektlar hamda tezkor ovqat tayyorlash nuqtalari faoliyati bundan mustasno) faoliyati. Bunda park va istirohat bog‘lariga kirish karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda soat 09:00 dan 20:00 ga qadar 2 nafar shaxsdan ko‘p bo‘lmagan guruhlarda (oilaviy guruhlar bundan mustasno) amalga oshiriladi.

“Yashil” toifadagi hududlarda “sariq” va “qizil” toifadagi hududlarga qo‘shimcha ravishda:

  • ochiq sun’iy qoplamali sport o‘yingohlari (tashrif buyuruvchilar sonini cheklash sharti bilan, yechinish va yuvinish xonalaridan foydalanmagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);
  • kompyuter (skaner, nusxa ko‘chirish, matn terish, chop etish) va poligrafiya xizmatlari;
  • muzeylar faoliyati (tashrif buyuruvchilar sonini cheklagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);
  • veterinariya xizmatlari;
  • binolarga xizmat ko‘rsatish va landshaftni obodonlashtirish faoliyati.

Avvalroq Respublika maxsus komissiyasi Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlarni (borish va qaytish) tiklash, shuningdek, Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Farg‘ona vodiysiga temir yo‘l qatnovini (borish va qaytish) qayta yo‘lga qo‘yilishiga ruxsat bergandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hududlar so‘nggi ikki haftadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratilgan. Xususan, 14 kun ichida koronavirusga chalingan shaxslar aniqlangan hududlar “qizil”, koronavirusga chalingan shaxslar aniqlanmagan, biroq kasallikdan davolanayotganlar bo‘lgan hududlar “sariq”, 14 kun ichida koronavirusga chalinganlar aniqlanmagan va bemorlarning bari davolanib bo‘lgan hududlar “yashil” toifaga kiritiladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistonda, bir qator, faoliyat turlariga, ruxsat berildi, 15-maydan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя