Главная » 2020 » Февраль » 3 » O‘zbekistonda 1 000 000 AQSh dollari ko‘rinishidagi kupyurani sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
20:24

O‘zbekistonda 1 000 000 AQSh dollari ko‘rinishidagi kupyurani sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi


Namangan viloyati Uychi tumanida 1 mln AQSh dollari ko‘rinishidagi kupyurani sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. 

osh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan, deb xabar bermoqda, mahkama jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov

Tadbir davomida fuqaro S.L. boshqa fuqaroning ishonchiga kirib uni aldab, xorijiy banklardan kredit olib berish va o‘zining 1 mln. AQSh dollari ko‘rinishidagi kupyurasini sotish evaziga, undan firibgarlik yo‘li bilan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Bank ma'lumotiga ko‘ra, 1 000 000 AQSh dollarlik banknota suvenir sifatida chiqarilganligi, qonuniy to‘lov vositasi hamda valuta qimmatligi hisoblanmasligi ma'lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan S.L.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя