Главная » 2020 » Февраль » 1 » O‘zbekistonda 1-fevraldan ish haqi va nafaqalar miqdori oshirildi
21:41

O‘zbekistonda 1-fevraldan ish haqi va nafaqalar miqdori oshirildi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 31-dekabrdagi qaroriga asosan O‘zbekistonda 2020-yil 1-fevraldan ish haqi va nafaqalar miqdori oshiriladi.

Bugundan e’tiboran budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam miqdori 1,07 barobarga oshiriladi.

2020-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekistonda:

  • Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 679 330 so‘m;
  • Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 238 610 so‘m;
  • Eng kam yoshga doir pensiyalar — oyiga 466 680 so‘m;
  • Bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 466 680 so‘m;

Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 286 390 so‘m etib belgilangan.

Bazaviy hisoblash miqdori o‘zgarishsiz qoldirilgan — 223 000 so‘m.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя