18:50 O‘zbekistonda 2017-yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilindi | |
O‘zbekistonda 2017-yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilindi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda. “Gazeta.uz” manbalarining ma’lum qilishicha, bu taklif O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish vaqtida O‘zbekistonning saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan. O‘zbekistonda 1997-yildan beri har bir-yilni ma’lum bir sohaga bag‘ishlash an’anaga aylangan (1996-yil Amir Temur yili deb e’lon qilingan). Yakuniga yetib borayotgan 2016-yil Sog‘lom ona va bola yili deb e’lon qilingan edi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|