Главная » 2019 » Декабрь » 20 » O‘zbekistonda 20-dekabr kuni havo ochiq bo‘lishiga qaramay sovuq bo‘ladi
08:39

O‘zbekistonda 20-dekabr kuni havo ochiq bo‘lishiga qaramay sovuq bo‘ladi


Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—2 daraja iliq, kunduzi 8—10 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esib, 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 8—13 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 3—8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo‘ladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя